“Munozara” intellektual o‘yinining yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan “Munozara” intellektual o‘yinining yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘yin davomida ishtirokchi jamoalar suv tanqisligi va ekologik muammolar bo‘yicha “Tasdiq” va “Inkor” pozitsiyalarida o‘zlarining ziyrakligi, tezkor va mantiqiy fikrlash mahoratlarini ko‘rsatishga harakat qilishdi.

NukusDPI matbuot xizmati.