Talaba-yoshlar ishtirokida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining barcha fakultetlarida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, bayram kechalari tashkil etildi.
Filologiya fakulteti tomonidan 3-sonli talabalar turar joyida “Zulfiya avlodlarimiz” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Unda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Aysholpan Orazimbetova mehmon sifatida ishtirok etdi.
Ellikqal’a fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet dekanati, professor-o‘qituvchilar, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tarix fakulteti jamoasi va talaba-yoshlari tomonidan poytaxtimizdagi “Chimboy choyxona” mahallasida “Nuroniy va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda ko‘p yillik hayot tajribasiga ega nuroniylar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida “Mustaqil yurt yoshlari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda respublika va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan yoshlar va talabalar ishtirok etdi.
