NukusDPI akademik litseyi jamoasi ekologik tanlovda g‘olib bo‘ldi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti madaniyat saroyida kasbiy ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida ekologiya bo‘yicha “Siz ekologik qonunlarni bilasizmi?” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyining “Qoratol” jamoasi ishtirok etdi.
Salomnoma, intellektual savol-javob, sahna ko‘rinishi, ekologiya bo‘yicha loyiha ishlab chiqish shartlari bo‘yicha jamoalar ishtirokini hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordi.
Shunday qilib, tanlov yakuniga ko‘ra, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyining “Qoratol” jamoasi 1-o‘rinni egalladi va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.