Soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida xavfsiz, o‘zaro hurmatga asoslangan ta’lim muhitini shakllantirish, talabalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, professor-o‘qituvchilar va mas’ul xodimlarning huquqiy, psixologik va axloqiy mas’uliyatini oshirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Shaxsiy rivojlanish va oila markazi rahbari, “Saza” jurnali muharriri Jahid Danebayev, institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayyora Bekchanova, yuristkonsult Baxitgul Arziyeva, profilaktika inspektorlari, psixologlar, shuningdek, erkak professor-o‘qituvchilar va bo‘limlar mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbirda kun tartibidagi masalalar yuzasidan muhim ma’lumotlar qayd etildi. Shuningdek, targ‘ibot mazmunidagi videoroliklar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
