“Tyutor App” platformasining imkoniyatlari taqdim etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy sho‘basi mutaxassislari tomonidan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tyutorlar va tegishli bo‘limlarning mas’ullari ishtirok etdi.

Tadbirda IT rezident korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan “Tyutor App” platformasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Platformani institutda ishga tushirish bo‘yicha kelgusidagi ishlar belgilab olindi.

NukusDPI matbuot xizmati.