Ilmiy maqola yozish qoidalari va jurnallarda chop etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan talaba-yoshlar, magistrantlar va tadqiqotchilar uchun ilmiy maqola yozish hamda nufuzli jurnallarda nashr etish tartibi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar davomida bo‘limi boshlig‘i Qahraman Tashanov va institutning 1-kurs magistranti, To‘lepbergen Qayipbergenov nomli davlat stipendiyasi g‘olibi Ulzada Umirbayeva tomonidan ishtirokchilarga ilmiy maqolaning tuzilishi va rasmiylashtirish talablari, dolzarblik va metodologiyani asoslash, jurnal tanlash va maqolani topshirish jarayoni bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

Tadbirni tashkil etishdan maqsad talaba-yoshlarning ilmiy maqola yozish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilishdan iborat bo‘ldi.

NukusDPI matbuot xizmati.