Shoira Zulfiya Isroilova ijodiga bag‘ishlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 1-sonli talabalar turar joyida Filologiya fakulteti tyutorlari tomonidan o‘zbek adabiyotining taniqli namoyondasi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilovaning ijodiga bag‘ishlangan “Zulfiyaxonim qizlari” mavzusida adabiy kecha tashkil etildi.
Kechada pedagog-tarbiyachi M.Abdimuratova, fakultet tyutorlari Z.Akimniyazova va A.Orazbayevalar shoiraning hayoti va ijod yo‘li, uning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, she’rlaridagi yoqimli lirika, yuksak insoniylik, vatanga muhabbat, sadoqat tuyg‘ularining ahamiyati haqida ma’lumot berdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan shoiraning she’rlari ifodali o‘qildi, ijodining o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar qilindi. Shuningdek, iqtidorli talabalar tomonidan raqslar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
