Diqqat, diqqat! NukusDPIda xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan xotin-qizlardan iborat professor-o‘qituvchilar o‘rtasida voleybol bo‘yicha institut birinchiligi tashkil etilmoqda.
Musobaqada institutning barcha fakultetlari va sirtqi ta’lim bo‘limi professor-o‘qituvchilaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etishi mumkin.
Sanasi: 2026-yil 6-mart;
Vaqti: 10:00;
Joyi: NukusDPI sport saroyi (6-sonli o‘quv binosi).
Xotin-qizlar o‘rtasida sport va salomatlik tadbirlarini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va bayram arafasida rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan musobaqada barchangizni kutib qolamiz!
NukusDPI matbuot xizmati.