Talabalar turar joyida “Bahor malikasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 1-sonli talabalar turar joyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan bahor faslining go‘zalligi, yangilanish ramzi sifatida “Bahor malikasi” tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda talabalar turar joyida yashovchi namunali, zukko va iqtidorli qizlar ishtirok etib, belgilangan shartlar bo‘yicha ijodiy qobiliyati, sahna mahorati, milliy qadriyatlarga hurmati va ma’naviy dunyoqarashini namoyish etishga harakat qildi.

Tadbirda institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayyora Bekchanova ishtirok etib, tashkilotchi pedagog-murabbiylar va ishtirokchi talaba-qizlarga minnatdorlik bildirdi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga diplom hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi.