Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram sovg‘alari topshirildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan institutda fidokorona xizmat qilayotgan xotin-qizlarga bayram sovg‘alarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Quvondiq Qodirov jamiyatimizda, jumladan, institutda har bir sohada xotin-qizlarning o‘rni alohida ekanligini ta’kidlab, ularni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabrikladi.
Rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayyora Bekchanova hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Karamatdin Gulimbetov so‘zga chiqib, institutda shu yo‘nalishdagi bayram tadbirlarining ahamiyatiga to‘xtaldi.
Tadbir doirasida fidoyi xotin-qizlar uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
