Yoshlar bilan ishlash borasidagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar bilan ishlash, ularning takliflari va tashabbuslari hamda muammolarini o‘rganish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda institut rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Quvondiq Qodirov kun tartibidagi masala, shuningdek, mas’ullarga berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan ma’lumot berdi.

Tadbirda fakultet dekanlari o‘rinbosarlari, tegishli bo‘limlar rahbarlari, mas’ullar va tyutorlarga yoshlar bilan ishlashning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida tegishli topshiriqlar berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.