Milliy kiyimlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-qizlar ishtirokida “Yoshlik fasli” mavzusida milliy kiyimlardan modalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Yoshlarni yetuk inson qilib tarbiyalashda milliy va madaniy qadriyatlarning o‘rni, ularda tarix, urf-odat va an’analar, umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda talaba-qizlar faol ishtirok etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.