Filologiya fakultetida yengil atletika bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada ishtirokchilar 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha o‘zlarining jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazdi.

Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar rag‘batlantirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.