Dekan talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot qildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda fakultet dekani Ulbosin Seytjanova mamlakatimizda, jumladan, institutimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini hayotga tatbiq etish, bilimli, zukko talabalarni rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berdi.
Tadbir davomida yoshlar o‘quv jarayoni, ilmiy-innovatsion loyihalar, turli tanlovlar va ularda ishtirok etish borasidagi savollariga batafsil javob oldi.
