Aniq fanlar fakultetida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan bir qator ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

➖Xususan, “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar, faol yoshlar” mavzusidagi uchrashuvda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning ahamiyati haqida fikr almashildi.

➖Faol talabalar ishtirokida o‘tkazilgan “Kelajakka qadam” mavzusidagi uchrashuvda yoshlarga o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishish bo‘yicha maslahatlar berildi.

➖1-sonli talabalar turar joyida bo‘lib o‘tgan “Diniy bag‘rikenglik – ajdodlarimizdan meros qolgan milliy qadriyatlar” mavzusidagi targ‘ibot tadbirida yoshlar uchun muhim ma’lumotlar berildi.

➖Bilimli, zukko talaba-yoshlar o‘rtasida “Bilim ring” intellektual turnirining 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

➖Shuningdek, xotin-qizlar masalalariga bag‘ishlangan “Ona bir qo‘li bilan beshik tebratsa, ikkinchi qo‘li bilan dunyoni tebratadi” mavzusida suhbat kechasi tashkil etildi.