Tarix fakultetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan bir nechta tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakultetida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy yo‘nalishdagi bir necha tadbirlar tashkil etildi.

Xususan:

➖Muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlari uchun yaratib berayotgan sharoitlari;
➖Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvida ta’kidlangan imkoniyatlar;
➖Talaba-yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish bo‘yicha birinchi qadam;
➖Talaba-qizlarning liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish;
➖Gender tengligi masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv;
➖Talaba-yoshlarning ilmiy maqola va tezislar yozish, startap loyihalar ishlab chiqish bo‘yicha bilimlarini oshirish;
➖Kitobxonlik bo‘yicha adabiy uchrashuv;
➖Startap va innovatsion loyihalar bo‘yicha keng tushuncha berish;
➖Talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarning ilmiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarga bag‘ishlangan uchrashuvlar, seminar-treninglar o‘tkazildi.