NukusDPI rektorining maslahatchisi Sayyora Bekchanova “TOP-15” rahbar ayollar reytingida

“Yuksalish” harakatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar orasidan “TOP-15”talik reytingini e’lon qildi.
E’tiborlisi, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayyora Bekchanova ushbu reytingdan o‘rin oldi.
Ma’lum qilinishicha, reytingni shakllantirish jarayonida nomzodlarning faoliyati o‘rganib chiqilib, ularning hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi inobatga olingan.
Reytingga vazirliklar, davlat tashkilotlari va markazlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, huquqni muhofaza qilish organlari va jurnalistika sohalarida faoliyat yuritayotgan ayol rahbarlar kiritilgan.