Talaba-qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada ishtirokchilar “aql gimnastikasi” bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom hamda medallar bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.