Aniq fanlar fakultetida “Bahor malikasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan 1-2-kurs talaba-qizlar o‘rtasida “Bahor malikasi” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar o‘zini tanishtirish, ijodiy ishlari, qobiliyatlarini namoyish etish, sahna ko‘rinishi va qiziqarli savol-javob kabi shartlar bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorini ko‘rsatishga harakat qildi.

Iqtidorli talaba-qizlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilarning har bir sahna chiqishini hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar fakultet dekanati tomonidan taqdirlandi.