Talaba-qizlar o‘z bilimlarini “Zakovat”da sinovdan o‘tkazdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag‘ishlangan o‘yin davomida 15 dan ortiq jamoa a’zolari qiziqarli va mantiqiy savollarga javob topishga harakat qildi.

O‘yin yakunida g‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.