Talabalar turar joyida yashovchi yoshlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etildi.

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni maqsad qilgan tanlovda ishtirokchilar o‘z bilimlarini zamonaviy platformalar yordamida tuzilgan onlayn testlar orqali sinab ko‘rdi.

Raqamli texnologiyalardan foydalanish talabalarning tezkor fikrlash qobiliyatini va axborot texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikmalarini ham oshirishga xizmat qildi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.