Talaba-yoshlar akademik mobillik dasturlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Alimjan Bimbetov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda bo‘lim boshlig‘i talaba-yoshlarga hozirgi vaqtda institutda ilmiy-pedagogik yo‘nalishda xalqaro nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilganligi, qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik mobillik asosida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan to‘liq javob oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
