Diqqat, e’lon! NukusDPIda Sohibqiron Amir Temurning 690 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda

Joriy yilning 3-aprel kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Temuriylar Renessansi va Yangi O‘zbekiston” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya quyidagi sho‘balarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
1) Amir Temur va temuriylar davridagi Movarounnahrdagi siyosiy, iqtisodiy ahvol:
– Amir Temur davlatchiligi va harbiy strategiyasi;
– Temuriylar davrida boshqaruv tizimi;
– Diplomatik aloqalar va xalqaro munosabatlar.
2) Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahrda madaniyat va ilm-fanning rivojlanishi:
– Temuriylar davrida ijtimoiy fikr va falsafiy qarashlar;
– Ilm-fanning rivojlanishi;
– Temuriylar merosini ta’lim jarayoniga tatbiq etish;
– Vatanparvarlik va ma’naviy-ma’rifiy tarbiya;
– Zamonaviy ta’limda tarixiy tajribalar.
Ilmiy maqola matnlarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
– Tezislar matni (5 sahifagacha) Times New Roman va 14 shriftda, 1,5 intervalda va xatboshi boshidagi oraliq 1 sm formatda bo‘lishi kerak.
– Matnlarni joylashtirishda sahifaning chegaralari quyidagicha belgilanadi: yuqori va pastdan 2 sm, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm.
– Tezislar 1 nusxada qog‘oz va elektron variantda (DOC yoki RTF formatida) topshiriladi.
Fayl nomi muallifning familiyasi bilan yozilishi kerak.
– Ilmiy maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Maqola sarlavhasidan keyingi satrda muallifning ismi, familiyasi, ilmiy darajasi, unvoni (agar mavjud bo‘lsa), ish joyi to‘liq ko‘rsatilishi kerak.
– Barcha havolalar kvadrat qavsda, adabiyotlar tartib raqami va beti bilan ko‘rsatiladi. Namuna: [1, B. 5]
– Foydalanilgan adabiyotlar alifbo tartibida matn oxirida beriladi.
– To‘plamga kiritiladigan materiallarning mazmuni va ularning to‘g‘riligiga mualliflar mas’uldir.
– Tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rsatilgan sho‘balar va talablarga asosan tayyorlangan tezislar qoraqalpoq, o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.
– Tezislarning hajmi 3 betdan kam bo‘lmasligi va 5 betdan oshmasligi kerak.
Materiallarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2026-yil 25-mart.
O‘tkaziladigan joyi: NukusDPI 4-sonli o‘quv binosi. Nukus shahri, P.Seytov ko‘chasi 2-uy.
Aloqa uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti. M.Nurmuhammedov ko‘chasi 1-uy. NukusDPI 9-sonli o‘quv binosi.
Telefon: +998913885677
E-mail: turganovbaxit@gmail.com
Tashkiliy qo‘mita: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti.