“Kelajakka qadam” dasturi haqida ma’lumot berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida bitiruvchi kurs talabalarining bandligini ta’minlash va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha ma’lumot berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha filiali mutaxassisi Klara Sharipova, institutning “Kelajakka qadam” markazi mas’ul mutaxassisi Nursultan Tanbayev, fakultetning bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va yo‘nalishlar, biznes reja ishlab chiqish asoslari, startap loyihalarni yo‘lga qo‘yish va moliyalashtirish imkoniyatlari, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.