Institutda “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekanining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suluxan Paluaniyazova tashabbusi bilan “Payshanba – yoshlar kuni” tadbirlari doirasida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Olga Niyazova, rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayyora Bekchanova, faol talaba-qizlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ular o‘rtasida har qanday tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalalari haqida so‘z bordi.

Tadbir davomida deputat tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar va ularning amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

NukusDPI matbuot xizmati.