Talabalar turar joylarida bir qator tadbirlar tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 3-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ular orasida sportni targ‘ib qilish maqsadida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Shuningdek, Filologiya fakulteti “Mohir qo‘llar” to‘garagi a’zolari ishtirokida dizayner Mehriban Aytniyazova rahbarligida qoraqalpoq milliy liboslari va naqshlari bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Tadbir davomida to‘garak rahbarlari D.Yuldasheva va A.Kazieva materialni bichish, qirqish, mashina yordamida tikish usullarini o‘rgatdi.

1-sonli talabalar turar joyida “Qizlar tarbiyasi – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Bekchanova va pedagog-tarbiyachi M.Abdimuratova tomonidan talaba-qizlarga milliy urf-odatlar, shu jumladan, milliy quroqlar haqida tushunchalar berildi. Yoshlarning qo‘l mehnati namunalari ko‘zdan kechirildi.