Aniq fanlar fakultetida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining yetakchi mutaxassisi X.Ibraimova, bosh mutaxassisi X.Nezamatov, fakultet dekani o‘rinbosari X.Yesemuratov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizmning oqibatlari, ularga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish va yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiya holatlarining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Shamuratov ishtirokida talabalarda halollik, huquqiy madaniyat va ma’naviy mas’uliyatni kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
