Fakultetlarda sport musobaqalari tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini targ‘ib qilish maqsadida bir qator sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Xususan, Tarix fakultetida talaba yigitlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha, talaba-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etilib, unda talabalar jamoaviy va yakka tartibda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.