NukusDPI talabalari o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Erudit-kvartet” intellektual turniriga start berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yuksak ma’naviyatli, erkin fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida fakultetlar o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Erudit-kvartet” intellektual turniri tashkil etildi.
Intellektual turnirning birinchi tur o‘yini joriy yilning 27-mart kuni bo‘lib o‘tdi.
Turnirda barcha fakultetlardan jami 20 ga yaqin jamoalar ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, turnir joriy yilning mart, aprel va may oylari davomida o‘tkaziladigan jami 5 turdan iborat bo‘ladi. Har bir tur ikki haftadan bir marta, haftaning juma kuni soat 17:30 da institutning Tabiiy fanlar fakulteti katta majlislar zalida o‘tkaziladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
