NukusDPI jamoasi va talaba-yoshlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etdi

Bugun, 1-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan respublika miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan videoaloqa orqali yurtimiz farovonligiga, yashil belbog‘larni barpo etishga hissa qo‘shish niyatida bo‘lgan faollar, yoshlar, nuroniylar va xotin-qizlar, oliy ta’lim muassasalari, korxona, tashkilotlar xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Poytaxtimiz Nukus shahri atrofida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev rahbarligida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari olib borildi.
Ushbu ekologik tadbirda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi va talaba-yoshlaridan iborat 200 dan ortiq faollar ishtirok etib, ezgu niyatlar bilan daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi.
Yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
