Talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotda dolzarb masalalar muhokama qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Muxtar Yusupov bir guruh faol talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, talabalarning fikr va takliflarini eshitish maqsadida tashkil etilgan tadbirni institut rektori v.v.b. Quvondiq Qodirov boshqarib bordi.
Uchrashuv davomida boshqarma boshlig‘i tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, yoshlarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tinchlik va osoyishtalikni asrash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda yoshlarning o‘rni va mas’uliyati alohida ta’kidlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
