Institutda volontyorlikka qiziquvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undash maqsadida “O‘zbekiston volontyorlarining imkoniyatlari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyatiga ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Guldasta Eshqobilova, O‘zbekiston yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi koordinatori Nursultan Nurniyazov, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi Aynura Esnazarova, shuningdek, institutning faol talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Tadbirda volontyorlik faoliyatining mazmun-mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bugungi kunda yurtimizda volontyorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar tashabbuslarini rag‘batlantirish va ularni turli ijtimoiy loyihalarga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Volontyorlik faoliyatiga qo‘shilish tartibi, mavjud platformalar va loyihalar haqida amaliy tavsiyalar berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
