NukusDPI talabalari o‘rtasida “GreenTechX” startap loyihalar tanlovi tashkil etilmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida ekologiya va qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha “GreenTechX” innovatsion startap loyihalar tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlovga institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 1-, 2-, 3-kurs talabalari hamda magistratura mutaxassisliklarining 1-bosqich magistrantlari yakka yoki 1-3 kishidan iborat jamoa bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z startap loyihalari bilan qatnashishi mumkin.

– Ekologik texnologiyalar;

– Barqaror qishloq xo‘jaligi;

– Suv resurslarini tejash;

– Agro va ekologik raqamli yechimlar.

G‘olib va sovrindorlar diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar joriy yilning 10-aprel kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/BE3KK6deE2hiJXVt9

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +998944860108

Telegram: @allakova_z

Barcha talaba-yoshlarni yashil kelajakni startap g‘oyalari bilan birgalikda qurishga chorlaymiz!