Kibersport bo‘yicha institut birinchiligi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, kibersport turlari bo‘yicha yuqori mahoratga ega yoshlarni aniqlash maqsadida “CS 2” bo‘yicha fakultetlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada barcha fakultetlardan kibersportga qiziquvchi talabalar jamoa bo‘lib ishtirok etdi.

O‘ta qizg‘in tarzda o‘tgan musobaqa yakunida:

1-o‘rin – Tarix;
2-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim;
3-o‘rin – Aniq fanlar fakultetlari jamoalariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar institut rektorati tomonidan diplom, shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.