NukusDPI dizayneri Mehriban Aytniyazova xalqaro modalar festivalida o‘z kolleksiyasi bilan ishtirok etdi

Poytaxtimiz Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, milliy liboslar va milliy moda yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Qaratereng marvaridi” xalqaro etno-futuristik modalar festivali tashkil etildi.
E’tiborlisi, modalar festivalida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti dizayneri Mehriban Aytniyazova o‘zining “Xalqlar do‘stligi” kolleksiyasi bilan ishtirok etib, hakamlar hay’ati, mutaxassislar va tomoshabinlar tomonidan yuqori baholandi.
