Janjayxan Darmenov Qozoq milliy universitetida talabalarga ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti xalqaro hamkorlik doirasida Qozog‘iston Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlamoqda.

Ayniqsa, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti bilan professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar almashinuvi, shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Institutning Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi professori v.b. Janjayxan Darmenov mazkur universitetda qisqa muddatli tajriba orttirish kursida ishtirok etdi.

Shu bilan birga, universitet talabalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’ati va madaniyati haqida ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tdi.