Ertalabki badantarbiya – salomatlik garovi

Inson o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, sport bilan shug‘ullanib, jismonan chiniqib tursa, salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi. Ayniqsa, har kuni ertalab 15-20 daqiqalik badantarbiya yoki 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish juda foydali.

Bugun, 10-aprel kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida erta tongdan professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida ertalabki badantarbiya tadbiri tashkil etildi.

So‘nggi yillarda yurtimizda xalqimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ommaviy sportni keng targ‘ib qilish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, jismonan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz rahbarligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib o‘tkazilgan tadbirda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlaridan iborat 800 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Institutda ommaviy sport tadbirlari davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.