9-aprel – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun

1993-yil 9-aprel kuni o‘n ikkinchi chaqiriq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Sovetining o‘n ikkinchi sessiyasida “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat gerbi Qoraqalpog‘iston Respublikasining suveren davlat ekanligini anglatadi.
“Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq:
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat gerbi elementlarining nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas;
➖ Nodavlat notijorat tashkilotlarining belgilari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat gerbiga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas.