NukusDPI akademik litseyi o‘quvchisi Jasmina Allabayeva respublika fan olimpiadasida 2-o‘rinni egalladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi xorijiy tillar yo‘nalishining 2-bosqich o‘quvchisi Jasmina Allabayeva O‘zbekiston Respublikasi asosiy fanlar olimpiadasining IV respublika bosqichida qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Jasminani respublika fan olimpiadasiga litseyning qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Tazaxan Eshmuratova tayyorladi.
Akademik litsey o‘quvchisi Jasmina Allabayeva va uning ustozlarini qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklab, kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!