“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”: Basketbol 3×3 bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mahoratli sportchilarni aniqlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining institut bosqichiga start berildi.

Bugun, 9-aprel kuni basketbol 3×3 bo‘yicha fakultetlar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

NukusDPI matbuot xizmati.