Oʻqituvchilik – sharafli kasb

Nukus shahri XTBga qarashli 38-sonli umum ta’lim maktabining 4-«D» sinfida malakaviy pedagogik amaliyot oʻtkazuvchi Ajiniyoz nomidagi NDPI «Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim» fakulteti «Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi» yoʻnalishi 4-«V» guruh talabasi Bogʻibekova Barnoning 2019-yil 19-aprel sanasida tarbiyaviy soatdan «Taqiqlovchi belgilar» mavzusida bir soatlik ochiq dars tashkil etdi.
Bir soatlik dars bu bir asar yozish bilan barobardir. Oʻqituvchi yozuvchi boʻlmogʻi, yaratgan asari esa oʻquvchilar qalbiga yetib bormogʻi lozim. Darhaqiqat, 45 minut davomida oʻquvchilarga bilim berish, berilgan bilim oʻquvchilar qalbiga yetib borishini taʻminlash oʻqituvchi va murabbiylarning asosiy vazifasidir. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda Bogʻibekova Barno ham yangi mavzuni yaxshi yoritib berib, berilgan bilim oʻquvchilar qalbiga yetib borishini ta’minladi. Dars davomida turli didaktik oʻyin va turli interfaol metodlardan foydalanib, darsni juda qiziqarli qilib oʻtdi.
Darsda metodistlarimizdan Abdijabborova Jamila va amaliyotchi talabalar qatnashdi. Metodistimiz va darsda qatnashgan amaliyotchilar darsga fikr bildirdilar. Dars yaxshi deb baholandi.
Oʻqituvchilik kasbi azaldan sharafli va mashaqqatli kasb deya ta’riflanadi. Garchi bu soʻzlarni koʻp bora eshitgan boʻlsak-da, bu kasbning qanchalar mashaqqatli va sharafli kasb ekanligiga amaliyot davomida guvoh boʻldik. Murgʻak qalb egalari boʻlmish bolalarga ta’lim-tarbiya berish, ularga ilm-u ma’rifat sirlarini oʻrgatish oʻqituvchidan oʻz ustida koʻproq ishlashni, izlanishni talab qilarkan. Oʻquvchilarning biyron tillaridan «Ustoz» degan ulugʻ nomni eshitish esa kishiga olam-olam quvonch va oʻzgacha gʻayrat va shijoat baxsh etarkan. Bogʻibekova Barno ham ochiq darsni ana shunday oʻzgacha quvonch, gʻayrat va shijoat bilan oʻtdi.