Ajiniyoz shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida qoraqalpoq adabiyotining yorqin namoyondasi, mumtoz shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 202 yilligiga bag‘ishlangan “Bu dunyoning ko‘rki – odam bolasi” mavzusidagi uchrashuv kechasi tashkil etildi.

Tyutor Guljahan Artikova tashabbusi bilan o‘tkazilgan kechada institutning qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Marat Yesebayev, maxsus pedagogika: logopediya ta’lim yo‘nalishining 1-kurs talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlarga Ajiniyoz shoirning hayoti, ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, uning adabiy merosining hozirgi davrda o‘rganilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar berildi.