NukusDPI professor-o‘qituvchilari xalqaro forumda ishtirok etdi

Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahridagi M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida “Zamonaviy ta’lim: muammolar, trendlar va strategiyalar” mavzusidagi VI Xalqaro pedagoglar va novatorlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlardan olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Xalqaro tadbirda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutidan bir qator professor-o‘qituvchilar, xususan, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Qalliqilishov, dotsent G‘.Mambetqadirov, maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri G.Jumasheva, texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti T.Shamuratova, M.Kamilova va R.Matekeyevlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
