“Targ‘ibot poyezdi” guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 30-aprel kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlaridan tuzilgan “Targ‘ibot poyezdi” guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi sektor rahbari Nuriya Berdiniyazova, shuningdek, “Targ‘ibot poyezdi” guruhi a’zolari tomonidan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, qonunchilikda yoshlarga berilgan imtiyozlar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida talaba-yoshlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltirilgan turli interaktiv o‘yinlar, viktorinalar tashkil etildi.
NukusDPI matbuot xizmati.

