Matematika kafedrasida ilmiy-uslubiy seminarlar muntazam o‘tkazilmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakulteti matematika kafedrasida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini takomillashtirish, shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish maqsadida muntazam ravishda ilmiy-uslubiy seminarlar tashkil etilmoqda.

Mazkur seminarlar kafedra faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, unda ilmiy izlanishlar natijalari, yangi o‘quv-metodik ishlanmalar va innovatsion ta’lim texnologiyalari muhokama qilinadi.

“Matematikaning nazariy va uni o‘qitishdagi ayrim muammolari” mavzusidagi ilmiy seminarda kafedra magistrantlari M.Uralbayevning “Kompleks fazoda Stoks formulasi”, G.Abdiyevaning “Vektorlar va ularning geometrik masalalardagi qo‘llanilishi”, D.Orazbekovaning “Matritsaviy fazoda klassik sohalar va ularning ba’zi xossalari” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.

Ilmiy-uslubiy seminarning alohida ahamiyatli jihati – bu o‘zaro tajriba almashish, fikrlar xilma-xilligini ta’minlash va yangi g‘oyalarni yuzaga chiqarishga asos bo‘ladi.

Ilmiy seminar fikr-mulohaza va muhokamalar bilan davom etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.