NukusDPI jamoasi umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda

Bugun, 2-may kuni poytaxtimiz Nukus shahrida 9-may – Xotira va qadrlash kunini yuqori darajada o‘tkazish, shuningdek, atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida barcha ko‘chalar, mahalla fuqarolar yig‘inlarida umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.

Hasharda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi va talaba-yoshlari ham faol ishtirok etib, shahrimiz farovonligiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.