Ustoz – qalb naqqoshi

Ajiniyoz nomidagi NDPIning Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi 4-V guruh talabasi Hasanova Shahloning Nukus shahar XTBga qarashli 38-sonli umumta’lim maktabi 2-d sinfida 23-aprel kuni tarbiyaviy soat fanidan «Ogohlantiruvchi belgilar» mavzusidagi ochiq darsi b oʻlib oʻtdi.

Darsda sinf rahbari Yuldasheva Oygul,  metodist Abdijabbarova Jamila va boshqa amaliyotchilar kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Amaliyotchi talaba zamonaviy metodlar, koʻrgazmali qurollar yordamida oʻquvchilar e’tiborini torta oldi. Dars davomida oʻzini tutishi, xatti-harakatlaridan mahoratli pedagog boʻla olishi sezilib turdi. Oʻquvchilar bilan doʻstona munosabat oʻrnata olishi bilan ham boshqalarga oʻrnak qilib koʻrsatishga loyiq ekanligini isbotladi.

Bola qalbi – oppoq qogʻoz… Har bir ustoz unga turli chizgilar chizadi.  Bu chizgilarni muhrlashdan avval unga naqqoshlarga xos mahorat bilan yondashgan insongina «Haqiqiy ustoz» hisoblanadi. Aynan shu mas’uliyatni dildan his qila bilgan inson, mohir «naqqosh» boʻlish uchun tinimsiz izlana olgan insongina sharafli – «Ustoz» degan nomga sazovor boʻla oladi. Pedagogik amaliyot boʻlajak ustozlarni har tomonlama mohir boʻlishida tajriba maktabi vazifasini oʻtayapti. Har bir talaba bu imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qilmoqda. Ularga omad tilab qolamiz!