NukusDPI talaba-yoshlari poytaxtimiz farovonligiga hissa qo‘shmoqda

Bugun, 2-may kuni poytaxtimiz Nukus shahrida 9-may – Xotira va qadrlash kunini yuqori darajada o‘tkazish, shuningdek, atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida barcha ko‘chalar, mahalla fuqarolar yig‘inlarida umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.

Hasharda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 100 dan ortiq talaba-yoshlari Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab obodonlashtirish, chiqindilar va begona o‘tlardan tozalash, daraxtlarni oqlash ishlarini olib bormoqda.