Futzal bo‘yicha NukusDPI qizlar jamoasi Qoraqalpog‘iston ligasining g‘olibi bo‘ldi

Bugun, 2-may kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sport majmuasida futzal bo‘yicha qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston ikkinchi ligasining so‘nggi 11-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi 1-o‘rinni egalladi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

2-o‘rin “Orol”, faxrli 3-o‘rin esa “QQRFM Yunayted” jamoalari qizlariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.