NukusDPIda matematika bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ochiq fan olimpiadasi bo‘lib o‘tadi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida matematika bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ochiq fan olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Fan olimpiadasi joriy yilning 15-may kuni soat 10:00 da institut bosh o‘quv binosida o‘tkaziladi.

Unda talabalar ikki toifa bo‘yicha ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi:

“A” toifasi – matematika, amaliy matematika, informatika va kompyuter texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun bo‘lib, bunda ishtirokchilar 5 ta savolga yozma ish orqali javob berishi talab etiladi;

“B” toifasi – boshqa ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun bo‘lib, bunda ishtirokchilar 20 ta yopiq testga javob berish orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadi.

Ishtirokchilarga savollarga javob berish uchun 4 soat vaqt beriladi.

Fan olimpiadasida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

Har bir toifa bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolaga bosing 👉 https://forms.gle/xUqVuy6DXPDMsiCXA

Aloqa uchun telefon raqamlari:

+998905774541

+998905931295

Ma’lumot uchun, fan olimpiadasida savollar oliy matematika bo‘yicha tuziladi.

NukusDPI matbuot xizmati.